logo

Yengil avtomobillar

1993-yilning martida “UzDEUavto” O’zbek-Janubiy Koreya qo’shma korxonasi tashkil etilgan bo`lib, 3 yil o’tib, 1996-yilning 19-iyulida Asakadagi avtomobil zavodining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

 Asakadagi avtomobil zavodining ahil va professional ishchilardan iborat jamoasi ilk va ulkan qadamni tashladi va 1996-yilda bir yo’la 3 turdagi – “Damas”, “Nexia”, “Tico” avtomobillarining liniyaga tushirilishi amalga oshirildi. Bundan tashqari, ushbu modellar 7 ta modefikatsiyada ishlab chiqarildi.

2001-yili zavod ishga tushganligiga 5 yil to`lishi va Mustaqilligimizning 10 yilligi munosabati bilan “Matiz” avtomobili ishlab chiqila boshlandi. 2002-yilning avgust oyida “Nexia DOHC” modeli konveyerga qo’yildi.

2004-yilning dekabr oyida modellar qatoriga “Matiz”ning BEST modifikatsiyasi qo’shildi. Bunga parallel ravishda DAMAS avtomobillarining ko’rsatkichlarini yaxshilash bo’yicha ishlar olib borilayotgan edi. Natijada 2006-yili fevral oyida yangilangan DAMAS II modeli yaratildi.

2008-yilning mart oyida "Nexia"ning yangilangan  modeli taqdim etildi. 2008-yil 21-fevralida Asakaning avtomobil zavodida yangi qo’shma korxona «GM Uzbekistan» tashkil etildi. Ushbu kun o’zbek avtosanoatida yana bir muhim sana sifatida esda qoldi. Bu korxona “O’zavtosanoat” AK «General Motors» korporatsiyasi bilan hammuassislikda tashkil etildi. Ish ikki barobar ko’paydi. O’zbek avtomillarining safi yangi zamonaviy va sifatli avtomobillar bilan to’lib bordi. Chevrolet markali modellar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. «Epica» sinfidagi sedan va «Captiva» avtomobillari taqdim etildi. Noyabr oyida Asakadagi avtomobil zavodi konveyrlarida millioninchi avtomobil chiqdi. U – keng interyer va dinamik sport uslubidagi eksteryerga ega “Lacetti” edi.

“Lacetti”ni ishlab chiqarish uchun maxsus kuzov panellari qoliplari ishga tushirildi, yangi payvandlash uchastkasi tashkil etildi va yig’ish konveyri rekonstruksiyadan chiqarildi.

Muvaffaqiyatdan ilhomlangan milliy avtosanoatimiz mutaxassislari xaridorlarni uzoq kuttirmay, 2010-yili «GM Uzbekistan» zavodida “Chevrolet Spark” global modelini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydilar.

Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini 2011-yil sentabrdan yirik hajmlarda ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. Avtomobil noodatiylikni ifodalovchi tashqi qiyofasi: jo‘shqinligi va xushbichimligi jihatidan bemalol boshqa avtomobillar bilan raqobatlasha oladi.

2012-yil yangilanish va yasharish ayyomi Navro’z umumxalq bayrami arafasida Chevrolet Malibu avtomobilini yirik hajmlarda ishlab chiqish boshlandi. Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega.

Kuzovi yuqori sifatli po‘latdan ishlangan Chevrolet Cobalt avtomobilini 2012-yil sentyabridan seriyali ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.  Avtomobil ABS (blokirovkaga qarshi to‘xtash tizimi) va haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

Yangilangan Lacetti II (Gentra) avtomobili  2013-yil noyabr oyidan ishlab chiqarila boshlandi. 

Besh eshikli, yetti o‘rindiqqa ega bo‘lgan oilaviy minivan-Chevrolet Orlando avtomobili 2014-yil mart oyidan ishlab chiqarila boshlandi. Avtomobil  asosan oilaviy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. 

Korxona mahsuloti - Bugungi kunda “GM O’zbekiston” 9 modeldagi avtomobillarni ishlab chiqaradi: «Damas», «Matiz», «Spark», «Nexia»,  «Cobalt», «Lacetti», «Captiva», «Malibu», «Orlando», «Labo», «Nexia R3».

                 

Damas Matiz Spark Cobalt Lacetti
         
Malibu Captiva Orlando

         

 

             

tepaga