logo

Xalqaro kelishuvlar

“O’zavtosanoat” AK quyidagi xalqaro bitimlarni tuzgan:


  • GM Daewoo Auto&Technology kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Hukumati o’rtasida imzolangan o’zaro strategik hamkorlik kelishuvi asosida «GM Uzbekistan»  AJ tashkil etildi va yangi rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarish imkoniga erishildi.

  • "Isuzu Motors" va “ITOCHU Corporation” bilan tuzilgan bitim asosida “SamAvto” MCHJ korhonasi Yaponiyaning avtobuslari va kichik hajmli yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi.

  • “MAN Truck&Bus AG” “MAN Group” konserni bilan tuzilgan halqaro bitim asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi "JV MAN AUTO UZBEKISTAN" MChJ korxonasi tashkil etildi va MAN yuk va tijorat texnikasini ishlab chiqarish boshladi.

  • Ikki hamkor kompaniyalar: «General motors» va «O‘zavtosanoat» AK ning o‘zaro sa'y-harakatlari natijasida Toshkentda  dvigatel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan  yangi «GM Powertrain Uzbekistan» zavodi  tashkil etildi.  

  • 29.07.2015 yil. Yaponiya kompaniyasi «Isuzu Motors» “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi  bilan Samarqand avtomobil zavodining ustav kapitalidan 8% ulushni o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.


tepaga