logo
Orqaga qaytish

SPORT-SOG‘LOM HAYOT GAROVI

09.03.2017

Toshkentdagi Turin politexnika universitetining sport majmuasida    “O‘zavtosanoat” AK tizimidagi korxona va tashkilotlar jamoalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha an'anaviy turnir o‘tkazildi. “Sport sog‘lom hayot kafolatidir” shiori ostida o‘tkazilgan turnir kompaniya tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar orasida mini-futbolni ommalashtirish,  ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida jimoniy madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘tkazilgan turnir musobaqalarining final uchrashuvlarida “Sirg‘ali Avtotexservis” MCHJ jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “GM Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.  “O‘zavtosanoat” AK jamoasiga esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritish nasib etdi.

                                                                       “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga