logo
Orqaga qaytish

Robotlar kuni

01.03.2017

24 fevral Toshkent politexnika muzeyida  robotlar kuni sifatida nishonlandi. Tadbir XVIII asrda ilk robot-androidni yaratgan fransuz ixtirochisi  Jak de Vokansonning  tug‘ilgan kuniga bag‘ishlandi. Toshkent texnika universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti hamda radiotexnika kolleji va boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalarining izlanishlari natijasida  yaratilgan robotlar ko‘rgazmasi o‘sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy izlanishlarini yanada rivojlantirishlarida va ularni rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilarga ko‘p sonli intellektual viktorinalar, xususan, «Kubik Rubik»ni tez yig‘ish musobaqasi bo‘yicha bahslashayotgan robotlar bilan tanishish imkoniyati taqdim etildi.

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga