logo
Orqaga qaytish

GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxlarini so‘mda belgiladi

04.09.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi 5177-sonli Farmonining bajarilishi doirasida, 2017-yil 5-sentabridan e’tiboran GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar chakana narxlari milliy valyuta – so‘mda belgilanadi.

Shu bilan birga, yuqorida ko‘rsatilgan Farmon qabul qilingan sanada amal qilgan avtomobillar chakana narxlari saqlanib qolinadi.

2017-yil 5-sentabrgacha tuzilgan shartnomalar asosida avtomobillarga to‘lov qabul qilish va ularni yetkazib berish ushbu shartnomlarda ko‘rsatilgan shartlar, narxlar va muddatlar asosida amalga oshiriladi.

«O`zavtosanoat» AJ matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga