logo

«ELEKTRON HUKUMAT» TIZIMIDA BAJARILAYOTGAN ISHLAR RO'YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ №-2164 sonli qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali “Tadbirkorlik sub'ektlari ehtiyoji uchun mahalliy avtotransport vositalariga ega bo‘lish uchun elektron ariza berish” uchun interaktiv xizmat turini amaliyotga joriy etish  loyihasini amalga oshirish uchun tarmoqli jadval ishlab chiqilgan.

 

Mazkur tarmoqli jadval bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:

  • Yagona portalda interaktiv xizmatlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, mazkur guruhga Aloqa, axborotlashtirish va texnologiyalar vazirligi, «O‘zavtosanoat» AK, «GM Uzbekistan» AJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MCHJ qo‘shma korxonasi va “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ vakillari jalb etilgan;
  • «O‘zavtosanoat» AK korxonalarida davlat xizmatini taqdim etish bilan bog‘liq inventarizatsiya ishlari to‘liq o‘tkazildi;
  • Ko‘zda tutilgan interfeys xizmatlari va qator funksiyalar jamlamini o‘z ichiga olgan  Yagona portal orqali interaktiv xizmatlarni taqdim etish reglamenti ishlab chiqildi va tasdiqlandi;
  • Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali keladigan arizalarni qabul qilish va ularni qayta ishlash  bo‘yicha dilerlik korxonalarining mas'ul xodimlari ro‘yxati tasdiqlandi va mazkur xizmatning texnik tvazifalari ishlab chiqildi;
  • Yagona portal orqali qilinadigan murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash uchun mas'ul shaxslarning o‘quv kurslari tashkil etildi.

Quyidagi korxonalar "Tadbirkorlik sub`yektlari ehtiyojlari uchun tijorat transporti vositalarini xarid qilish uchun elektron buyurtma yuborish" xizmatini ko`rsatish uchun YIDXPga ulangan:

1. Toshkent sh. «Poytaxt Avto Tex Savdo» MChJ

2. Toshkent sh. «Poytaxt Avtosavdo» MChJ

3. Farg'ona vil. «Qo'qon Avto Savdo» MChJ

4. Samarqand vilo.«Avtobinokor Service» MChJ

5. Samarqand vil.«Regal» MChJ QK

Boshqa korxonalarni ulash ishlari olib borilmoqda.

 

BMTTD va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Davlat xizmatlarini sifatini oshirish maqsadida Elektron hukumat tizimini tadbiq etish" qo`shma loyihasi doirasida "Davlat xizmatlari tartibini takomillashtirish bo`yicha xalqaro amaliyoti" metodik qo`llanmasi ishlab chiqarildi.

Qo`llanmani yuklab olish.pdf(2 MB)

tepaga