logo
Orqaga qaytish

Dunyo yangiliklari: “Honda”ning o‘zini muvozanatlovchi mototsikli

10.01.2017

Endi mototsikllarni boshqarishda muvozanatni saqlash haydovchiga umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Las-Vegasdagi shouda Honda Riding Assist mototsikli namoyish etildi. Tizim oddiy ishlangan. U ishga tushirilganda vilka burchagi kattalashib, transportning g‘ildiraklar bazasi kengayadi. Tizim esa datchiklar signali yordamida muvozanatni saqlab, mototsiklni yiqilishga yo‘l qo‘ymaydi. Qizig‘i shundaki, uning og‘irlik markazini o‘zgartiruvchi giroskopi yo‘q.

Kompaniya vakillari “Riding Assist” mototsiklini yalpi ishlab chiqarish rejasi haqida ayon qilganlaricha yo‘q. Ammo bo‘lajak mototsikllarda ushbu texnologiya ishlatilishi uzukka ko‘z qo‘ygandek soz ish bo‘ladi. Bu avtonom mototsikl emas, ammo avtonomlik sari tashlangan qadam deyish mumkin. Bir oz g‘alati ko‘ringani bilan, tajribasiz mototsiklchilarning joniga ora kiradi.

Manba: popmech.ru

Boshqa yangiliklar

tepaga