logo

Doimo-beriladigan-savollar

  • Mamlakatimizda qancha avtosalonlar bor va ularning joylashgan manzillari haqida ma'lumot bersangiz?

      Mamlakatimiz hududida “GM Uzbekistan” avtomobil zavodining  70 ga yaqin dilerlik punktlari  va texnik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida faoliyat yuritsa,  qolganlari yurtimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan.

  • Yurtimizda avtomobilsozlikka ixtisoslashgan qanday korxonalar bor va ular asosan avtomobilning qaysi qismlarini ishlab chiqaradi?
    • Avtomobillarimiz sifat va narx uyg‘unligini o‘zida mujassam etgani uchun qischqa muddatda ommabop avtomobillarga aylandi. Bunda esa  avtomobil butlovchi qismlarining  Mahalliylashtirish Dasturiga ko‘ra o‘zimizda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK tizimida 40 dan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ular, Asaka avtomobil zavodi uchun zarur bo‘lgan  butlovchi qismlarning 50 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradi. Ushbu korxonalarning aksariyati Farg‘ona viloyatida joylashgan.   

  • “Cobalt” rusumidagi yangi avtomobillar chiqarila boshlagach, “Neksiya” avtomobillari ishlab chiqarilishi to‘xtatilmaydimi?
    • “GM Uzbekistan” YOAJ mahsuloti  hisoblangan  “Neksiya” va “Kobalt” rusumidagi avtomobillar kelgusida ham ishlab chiqariladi. Chunki  har ikkala rusumdagi avtomobil jumladan;  nafaqat yurtdoshlarimiz balki, xorijlik avtoishqibozlarning ishonchini to‘la oqlagan “Neksiya”  avtomobili hamda yaqindan boshlab ishlab chiqarilayotganiga qaramay  aksariyat insonlarning qiziqishi va e'tiborini o‘ziga qarata olgan “Kobalt” avtomobili ham    o‘z sinflari bo‘yicha eng xaridorgir avtomobillardan hisoblanadi.  

  • O‘zbek avtomobilsozlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk avtomobillari xalqaro avtoko‘rgazmalarida ham qatnashadimi?
    • Dunyodagi boshqa avto ishlab chiqaruvchi kompaniyalar kabi yurtimizdagi yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham  har yili jahon miqyosida o‘tkaziladigan avtomobilsozlikka oid ko‘plab turli ko‘rgazmalar va forumlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib keladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‘zbek avtomobilsozlik kompaniyasining ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlari tadbir ishtirokchilarining, ayniqsa, jurnalistlarning e'tiborini o‘ziga tortib kelgan. Dunyodagi boshqa avto ishlab chiqaruvchi kompaniyalar kabi yurtimizdagi yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham  har yili jahon miqyosida o‘tkaziladigan avtomobilsozlikka oid ko‘plab turli ko‘rgazmalar va forumlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib keladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‘zbek avtomobilsozlik kompaniyasining ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlari tadbir ishtirokchilarining, ayniqsa, jurnalistlarning e'tiborini o‘ziga tortib kelgan.

tepaga