logo
Orqaga qaytish

Bugun “O`zekspomarkaz” pavilyonlarida navbatdagi Sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja o`z ishini boshladi

03.05.2017

Aytib o`tish joizki, ushbu tadbir 2009 jildan e`tiboran shartnomalar diapazonini kengaytirish, kelishuvlar va mahsulot eksportiga oid bitimlar sonini oshirish maqsadida halqaro maqomga ega bo`lgan. 

Sanoat sohasi vakillari, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun an`anaga aylangan yarmarka haqiqatda juda muhim ahamiyatga ega.  Mahalliylashtirish va kooperatsion aloqalar negizida tayyor mahsulot, asbob-uskunalar va jihozlar, materiallar va hom ashyoni sotishdan tortib, sotib olishga qadar, shuningdek, hizmatlar ko`rsatishga oid shartnomalarning asosiy paketi aynan ko`rgazma maydonida shakllantiriladi va imzolanadi. Bu esa o`z navbatida import hajmining qisqarishiga, mahalliy mahsulot ishlab chiqarish ko`lamining kengayishiga olib keladi.

3-5 may kunlari bo`lib o`tadigan tadbirda “O`zavtosanoat” AKning 32 ta korhonasi 724ta mahsulot bilan ishtirok etmoqda.  Pavilyondan AK eksponatlari uchun kattagina maydon ajratilgan. 144 m2 maydonda butlovchi qismlar, 930 m2 ochiq maydonda esa yengil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobus va yuk tashuvchilar uchun tirkamalar namoyish etilmoqda. Eksponatlarning asosiy qismi, ja`mi 500dan ortig`i o`zlashtirilishi lozim bo`lgan import mahsulotlar, 200dan ziyodi esa ayni kunlarda soha qorhonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardir. Shunisi e`tiborliki, ularning orasida 60dan ortiq yangi mahsulot turlari o`rin olgan.  

Albatta, bu kabi yarmarkalar sanoatning har bir yo`nalishida moliyaviy o`zgarishlarga zamin yaratadi. Hususan, agar o`tgan yilgi natijalarga e`tibor qaratadigan bo`lsak, 2016 yilda bo`lib o`tgan Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida sanoat kooperatsiyasi bo`yicha mahsulot sotib olish maqsadida 5 mlrd. so`m miqdoridagi, eksport uchun esa 104 ming dollarga teng shartnomalar imzolangan. Bu yilgi tadbirda ushbu ko`rsatkichlarni yana 10 foizga oshirish ko`zda tutilgan.

 «O`zavtosanoat» AK matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga