logo
Orqaga qaytish

Aziz ayollar!

07.03.2017

8-mart-Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan samimiy tabrigimizni qabul qiling!

Ushbu ajoyib kunda mehribon va g‘amxo‘r onalarimiz, munis va muhtarama opa-singillarimizga o‘z oilasini obod qilish, farzandlarni voyaga yetkazishdek mas'uliyatli burch bilan birga jamiyatimiz hayotining turli jabhalarida  mehnat faoliyatini yuritayotganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Chin yurakdan Sizlarni  va yaqinlaringizni oilaviy xotirjamlik,  onalik baxti, yoshlik va go‘zallik, sog‘lik, ajoyib bahoriy kayfiyat tark etmasligini, ijodiy va kasbiy faoliyatlaringizda esa muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!

Ushbu bayram xonadoningizni gullar, quvonch, yaqin insonlarning qaynoq mehri va e'tibori, do‘stlar va hamkasblarning  tabassumi bilan to‘ldirsin!

Hamisha mana shunday maftunkor va go‘zal bo‘lib qoling! Barcha ezgu-niyatlaringiz va orzularingiz amalga oshib,omad Sizlarga doimo hamroh bo‘lsin!

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga