logo

Axborot xizmati to'g'risidagi nizom

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati to‘g‘risida nizom 

1. Umumiy qoidalar

1.1. “O‘ZAVTOSANOAT” aksionerlik kompaniyasining axborot xizmati (keyingi o‘rinlarda “Axborot xizmati”), “O‘ZAVTOSANOAT” AK, uning tarkibiga kiradigan korxonalarning va strukturaviy bo‘linmalarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashini muvofiqlashtirish (koordinatsiya qilish) uchun tashkil topgan.

1.2. Axborot xizmati, “O‘ZAVTOSANOAT” AK ning strukturaviy bo‘linmalari, uning tarkibiga kiradigan korxonalar, hamda davlat hukumati organlari, vazirliklar, mahkamalar (idoralar) va respublikaning boshqa organlari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini amalga oshiradi.

1.3. Axborot xizmati o‘zining faoliyatida Konstitutsiyaga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qarorlari va boshqa aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, “O‘ZAVTOSANOAT” AK buyruqlari va farmoyishlariga, “Avto-Olam” jurnali tahririyati (MCHJ)ning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa mahalliy aktlariga, hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

2. Axborot xizmatining strukturasi

2.1. Axborot xizmati “O‘ZAVTOSANOAT” AK ning strukturaviy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyati davomida “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi.

2.2. Axborot xizmati, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mustaqil bo‘linma sifatida “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ qoshida tashkil qilinadi.

2.3. Axborot xizmati faoliyatini boshqarish “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ Direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinadigan Axborot xizmati rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

2.4. Axborot xizmati rahbari “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ Direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

2.5. Axborot xizmati rahbarining huquq va majburiyatlari “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ Direktori tomonidan tasdiqlangan mansab yo‘riqnomasi bilan belgilanadi.

 

3. Axborot xizmatining asosiy maqsad va vazifalari

3.1. Axborot xizmatining asosiy maqsadi quyidagicha:

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatining shakllantirilishi va amalga oshirilishida qatnashish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK, uning strukturaviy bo‘linmalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarkibiga kiradigan korxonalar faoliyatini axborot bilan ta'minlash;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK da bo‘lib o‘tgan muhim tadbirlar to‘g‘risidagi rasmiy xabarlarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida tezkor tarzda tarqatish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi jamoatning ijobiy fikrlarini ommaviy axborot vositalari yordamida shakllantirish;

- Nashriyot va teleradiodasturlar, xalq va jamoatchilik bilan ishlash, hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari kanallari orqali “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risida milliy va xorijiy jamoatchilikka ma'lumot berish;

- milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan tezkor hamkorlik qilishni tashkil qilish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyatini ob'yektiv tarzda(aniq qilib) yoritish maqsadida, davlat hukumat organlarining axborot-xizmatlari, hamda boshqa axborot xizmatlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni amalga oshirish;

- axborot xizmatlari va xorijiy avtomobil sanoatlari bilan jamoatchilik aloqalarini o‘rnatish xizmatlari bilan aloqalarni rivojlantirish;

- avtomobilsozlik sohasida davlat sanoatini amalga oshirishda axborot-ma'lumotlar bilan hamrohlik(hamkorlik) qilish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJ rahbariyatini, ommaviy axborot vositalarining “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalarining chiqishlari va qarorlari haqidagi fikrlari (nuqtai nazarlari) to‘g‘risida, ushbu qarorlarga matbuotda, televideniya va radioda bildirilgan fikrlar, jamoatchilik fikrlarining holati to‘g‘risida tahlil qilish va operativ tarzda ma'lumot berish;

- ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma'lumot ishlarini olib borish uchun “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan bankini(ma'lumotlar saqlash bazasini) yaratish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalarining faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish bo‘yicha mahalliy va xorijiy axborot agentliklarining, boshqa ommaviy axborot vositalarining arizalarini o‘zining vakolati doirasida ko‘rib chiqadi;

- takliflar tayyorlash:

a) “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalarining mansabdor shaxslarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari to‘g‘risida;

b) filmlarning, doimiy tematik rubrikalarning, sikllarning, tele va radio eshittirishlarning maslahatchilarini (konsultantlarini)tasdiqlatish to‘g‘risida;

v) “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni yaratishda qatnashuvchi, jurnalistlar va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillarini rag‘batlantirish to‘g‘risida;

3.2. Axborot xizmatining asosiy vazifalari quyidagicha:

- ommaviy axborot vositalari vakillari bilan press-konferensiyalar, intervyular, boshqa uchrashuvlar tashkil qilish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari ishtirokidagi tadbirlarni yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilish;

- ommaviy axborot vositalarida “O‘ZAVTOSANOAT” AK rahbariyatining chiqishlarini ta'minlash;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan video, foto va audio materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida tarqatish;

- internet tarmoqlarida “O‘ZAVTOSANOAT” AK ning veb-resurslarini yaratish, qo‘llab quvvatlash va uning samarali ishlashini ta'minlash;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK ning Veb-sayti uchun voqyea-hodisalar va tadbirlar to‘g‘risidagi yangilik materiallarini tayyorlash va global Internet tarmog‘iga joylashtirishda ishtirok etish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyatining turli masalalari bo‘yicha, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan har oyda brifinglar, press-konferensiyalar o‘tkazish;

- ommaviy axborot vositalari uchun davriy tarzda xabarlar (press-relizlar, byulletenlar, qisqa ma'lumotlar) chiqarish va tarqatish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK rahbariyati uchun, ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar va nashrlardan, hamda ma'lumotnomalar va analitik materiallardan qisqacha ma'lumot tayyorlash;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari ishtirokidagi tadbirlarning perspektiv va operativ rejalashtirilishida ishtirok etish;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK rahbariyatining rasmiy tashriflari, xizmat safari, uchrashuvlarini tayyorlashda va o‘tkazishda ishtirok etish, hamda “O‘ZAVTOSANOAT” AK rahbariyati ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda va chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarda, ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida ishtirok etish,

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyatini to‘liq va ob'yektiv tarzda yoritish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar bilan hamkorlikda ishlash;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi jamoatchilik fikrini ommaviy axborot vositalari orqali shakllantirish;

- hududiy ommaviy axborot vositalari uchun, “O‘ZAVTOSANOAT” AK faoliyati to‘g‘risidagi va respublikada avtomobilsozlik sohasida olib borilayotgan siyosat to‘g‘risidagi turli materiallarni “O‘ZAVTOSANOAT” AK ning boshqa mustaqil bo‘linmalari bilan hamkorlikda tayyorlash;

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, kengashlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

- nashrlarni tashkil qiladi va avtomobilsozlik sohasi sanoati to‘g‘risidagi axborot-tahliliy materiallarning televideniye va radioda, respublika nashrlarida, muntazam chiqib turishini nazorat qiladi.

- “O‘ZAVTOSANOAT” AK korxonalari va mustaqil bo‘linmalariga, Axborot xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha konsultativ ko‘maklashadi.

4. Axborot xizmati faoliyatini ta'minlash

4.1. Axborot xizmati o‘zining asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqga ega:

- o‘zining vazifasini bajarish uchun kerakli materiallarni, “O‘ZAVTOSANOAT” AKning mustaqil bo‘linmalari va uning korxonalaridan, xorijdagi vakolatxonalaridan, rasmiy o‘rnatilgan tartibda so‘rash va olish;

- zarur bo‘lgan holatda, “O‘ZAVTOSANOAT” AK rahbariyati bilan kelishgan holda, “O‘ZAVTOSANOAT” AK va uning korxonalarining boshqa bo‘linmalaridan xodimlarni, belgilangan vazifalarni bajarish uchun mutaxassislarni jalb etish;

4.2. Axborot xizmati faoliyatini ma'lumot, xujjat, huquq, material-texnik va transport bilan ta'minlash, hamda “Avto-Olam” jurnali tahririyati” MCHJga xo‘jalik-maishiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash

5. Javobgarlik

5.1. Ommaviy axborot vositalariga berilgan rasmiy xabarlar, bayonotlar va boshqa materiallarning haqqoniyligi va operativligiga Axborot xizmati rahbari javobgar sanaladi.

5.2. Yuklatilgan funksional vazifalarning, hamda rahbariyat topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga, ushbu nizom bilan belgilangan va tasdiqlangan mansab yo‘riqnomasiga muvofiq tarzda, Axborot xizmati rahbari intizomiy javobgar sanaladi.

tepaga